Янгиликлар
Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish BHMning 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish BHMning 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu harakat maʼmuriy jazo qo‘llanilgandan keyin yana sodir etilsa, 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.
Fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilganda, unga nisbatan yetkazilgan zarar va maʼnaviy ziyonning o‘rni huquqbuzar tomonidan qoplanishi lozim.
O‘zining ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan fuqarolar sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli.
Fuqaroning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi maʼlumotlar OAVda tarqatilgan bo‘lsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim.
Bekobod shahar FHDY mudirasi M.Fayziyeva