Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Qaysi holatlarda YTH statistik hisobotga kiritilmaydi?


Qaysi holatlarda YTH statistik hisobotga kiritilmaydi?

 

Quyidagi holatlarda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar statistik hisobotga kiritilmaydi:

atrofi o‘ralgan hududlar, qo‘riqlanadigan va kirish-chiqish ruxsatnoma orqali amalga oshiriladigan tashkilotlarning ichkarisida;

transport vositalari bo‘yicha sport tadbirlari (musobaqalar, mashqlar va hokazolar) o‘tkazilayotgan paytda;

traktor hamda boshqa o‘zi yurar mashina va mexanizmlar uchun mo‘ljallangan asosiy ishlarni bajarish paytida (yer haydash, qazish, g‘aramlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini daladan yig‘ish, ortish-tushirish ishlari, trallerga transport vositalari va o‘zi yurar mexanizmlarni ortish-tushirish, ustunlar, tirgovuchlarni o‘rnatish va hokazolar);

qasddan odam o‘ldirishga, ularning sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazishga (tegishli idoralarning hujjatlari asosida) tajovuz qilinganda;

o‘z joniga suiqasd qilish yoki o‘z harakatiga javob berolmaydigan ruhiy holatda harakat qilinganda;

           tabbiy ofatlar vaqtida;

texnika xavfsizligi va transport vositasidan foydalanish qoidalarining buzilishi natijasida (dvigatelni uzatmalar qutisi qo‘shilgan holatda o‘t oldirish, transport vositalarini tirkamalar, qishloq xo‘jalik moslamalari bilan qo‘shish-ajratish paytida va hokazolar);

xarakatlanayotgan transport vositalarida ularning texnik sozligiga bog‘liq bo‘lmagan hollarda portlash, yong‘in chiqqanda;

transport qatnovi uchun jihozlanmagan (daryo o‘zani, tog‘ yon bag‘ri, qir-adir, o‘rmonzor va hokazolar) joylarda;

Baxtsiz hodisa yuz berganda (transport vositasining harakatlanishi vaqtida haydovchi yuragining urishdan to‘xtashi, tutqanoq yoki shu toifadagi kasali bo‘lgan odamning yo‘lning qatnov qismiga o‘zini tashlab yuborishi va hokazolar) sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari.

 

Bekobod shahar Davlat xizmatlari markazi derektori    M.Nurmatov