Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2012 yil 13-apreldagi 109-son qaroriga ko’ra
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2012 yil 13-apreldagi 109-son qaroriga ko’ra
Yo‘lovchi o‘zi bilan birga yo‘lovchi tashish poyezdida yo‘l haqi to‘lamasdan 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo‘l haqi to‘lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.
Yo‘lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha bolalar ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri yo‘l haqi to‘lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.
5 yoshdan 10 yoshgacha bolalarga ham tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.
10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.
Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchsi Sh.Malikov