Янгиликлар
Tez tibbiy yordam mashinalari yoʻl harakati qoidalariga amal qilishda imtiyozga egami?
Tez tibbiy yordam mashinalari yoʻl harakati qoidalariga amal qilishda imtiyozga egami?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari” ning 6-bob 25-bandida Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bashjarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan chetga chiqishlari mumkin. Bunda tartibga soluvchining ishoralari mustasno.
Yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan boʻlishi shart.
Ular oʻzlariga yoʻl berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina imtiyozdan foydalanishlari zarur.
Ushbu imtiyozdan tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari tomonidan kuzatib kelinayotgan transport vositalarining haydovchilari ham foydalanishlari mumkin. Bu holatda kuzatib kelinayotgan transport vositalarida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan boʻlishi shart.
Shuningdek, qoidalarning 6-bob 26-bandida haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasiga yoʻl berishlari shart boʻlib, mazkur turdagi transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlangan.
Bundan tashqari, 27-bandida esa, tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchasini yoqib toʻxtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur boʻlgan hollarda harakatlanish tezligini darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart etib belgilangan.
Oʻzxbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida” gi kdeksning 171-moddasiga asosan, tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun yoʻl bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar foto- va video qayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning maʼmuriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi N. Anarqulova