Янгиликлар
Maʼmuriy qamoqqa olish jazosi kimlarga qoʻllash man etiladi.
Maʼmuriy qamoqqa olish jazosi kimlarga qoʻllash man etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida” gi kodeksning 23-moddasida maʼmuriy jazo turlari belgilangan boʻlib, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi belgilangan boʻlib, maʼmuriy qamoqqa olish jazo chorasi ham belgilangan.
Maʼmuriy qamoqqa olish Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida” gi kodeksining 3-moddasiga asosan; — maʼmuriy jazo turi boʻlib, u shaxsni jamiyatdan vaqtincha ajratib qoʻyish sharoitlarida saqlashdan iborat va uch sutkadan oʻn besh sutkagacha boʻlgan muddatga, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi.
Ushbu kodeksning 5-moddasida esa, -Tuman (shahar) sudi maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyasining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, shuningdek harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qarori maʼmuriy qamoqni oʻtash uchun asos boʻladi.
Maʼmuriy qamoqqa olish Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida” gi kodeksining 29-moddasiga asosan uch sutkadan oʻn besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — oʻttiz sutkagacha muddatga qoʻllaniladi.
Maʼmuriy qamoqqa olish jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshligʻi tomonidan belgilanadi.
Ammo ushbu kodeksning 29-moddasiga koʻra - Maʼmuriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi boʻlgan ayollarga, oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxslarga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.
Shuningdek, mazkur kodeksning 16-moddasida - Harbiy xizmatchilar va yigʻinga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni, yoʻl harakati qoidalarini, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini, bojxona qoidalarini buzganligi uchun maʼmuriy javobgar boʻladi, ammo maʼmuriy qamoqqa olish choralari qoʻllanilmaydi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi N. Anarqulova