Янгиликлар
“Propiska”dan chiqib ketish kerak, lekin ataylab chiqmay yurganlarga qanday qonuniy chora bor?
“Propiska”dan chiqib ketish kerak, lekin ataylab chiqmay yurganlarga qanday qonuniy chora bor?
Javob: “Fuqarolarni doimiy yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 785-son qaroriga muvofiq Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga olinganda;
mulkdorning arizasiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar asosida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar;
mulkdor o‘zgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganda;
soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq bo‘lmagan hujjatlar asosida doimiy ro‘yxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
vafot etganda — FHDY organining o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki ma’lumotnomasi asosida.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning doimiy ro‘yxatini bekor qilish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Янгийўл туман ЮХКМ
бошюристконсулти Н.Абсаламов