Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitishni tashkil etish tartibi belgilandi


Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitishni tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (8-son, 10.01.2022-y.) bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizom bilan quyidagi lavozimlarga tayinlash maqsadida kadrlar zaxirasiga tanlangan shaxslar (nomzodlar) Diplomatik akademiya oʻquv kurslarida malaka oshirish uchun yuboriladi:

▫Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi;

▫Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili;

▫Bosh konsul, konsul;

▫Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardagi maslahatchi-vakili, maslahatchisi (shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha), birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, uchinchi kotibi, attashesi. Oʻquv kurslarining maqsadi diplomatik kadrlar zaxirasi uchun tanlanadigan shaxslarning kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarini takomillashtirish hisoblanadi. Oʻquv kurslari anʼanaviy va masofaviy shakllarda tashkil etiladi. Oʻquv kurslari tinglovchilari oʻqishni tugatgandan soʻng yakuniy imtihon topshiradi. Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Maʼlumot uchun: Mazkur Diplomatik akademiya Prezidentning 2022-yil 23-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Javlonbek Turaev