Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi belgilandi


Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (12-son, 12.01.2022-y.) bilan Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlar, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda valyuta namunalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unga koʻra, 2023-yil 1-iyuldan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:

????giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq holatni qayd etishda aniqlangan modda (buyum)ning giyohvand vositasiga taalluqli ekanligiga shubha paydo boʻlganda;

???? aniklangan modda (buyum)ni giyohvandlik vositalarining qaysi turiga mansubligi boʻyicha savol tugʻilganda;

???? giyohvandlik vositalarining yangi turlari aniqlanganda;

???? tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda aniqlangan valyuta namunasi qalbaki ekanligiga shubha paydo boʻlganida;

???? tezkor-qidiruv tadbirlari davomiyligini taʼminlash zarurati yuzaga kelganda, tezkorlikni amalga oshirish hamda tegishli vaqtni tejash maqsadida mazkur modda (buyum) yoki valyuta namunalarini ular aniqlangan joyning oʻzida yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar binosida ekspress tekshirish texnik vositalari yordamida tekshiradi. Ekspress tekshirish texnik vositasidan foydalanilgan har bir yuqoridagi holatning foto va videotasvirlari hisobotining yuritilishini taʼminlash maqsadida ular alohida yigʻmajild koʻrinishida 2 yil davomida saqlanadi.

O.Nishonov

O`rta Chirchiq tuman

adliya bo`limi boshlig`i