Янгиликлар
Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:
Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:
▫oilaviy tadbirkorlik uchun – 3-6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
▫chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
▫bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi. Ayollarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin. “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:
????ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
????tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
????boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
????ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
????uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
????qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.
Javlonbek Turaev