Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

OILAVIY TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISHGA – 300 MLN AQSH DOLLARI


OILAVIY TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISHGA – 300 MLN AQSH DOLLARI

Prezident tomonidan 25.01.2023 yildagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-18-son Qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq, 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan «Agrobank» ATB, «Mikrokreditbank» ATB va AT Xalq bankiga 300 mln AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratiladi.

 

Hujjat Qonuchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Yodgor Yunusov