Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bekobod tuman adliya bo‘limi tomonidan Bekobod tuman hududida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida qorovul bo‘lib ishlovchi fuqaro NRning Tojikiston Respublikasida o‘qishda bo‘lgan vaqtida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmaganligi yuzasidan qilgan mur


Bekobod tuman adliya bo‘limi tomonidan Bekobod tuman hududida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida qorovul bo‘lib ishlovchi fuqaro NRning Tojikiston Respublikasida o‘qishda bo‘lgan vaqtida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmaganligi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganib chiqildi natijada.

 

Fuqaroga 2022 yil noyabr va dekabr oylarida to‘lanishi lozim bo‘lgan biroq ish beruvchining aybi bilan to‘lanmay qolgan oylik ish haqilari to‘lab berilishiga erishilidi.

 

Qonun hujjatlarida hususan amaldagi mehnat kodeksning (MK) 248-moddasiga ko‘ra, ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

 

MK 249-moddasiga ko‘ra esa, ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.

 

Shuningdek, MK 250-257-moddalarida ham oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotganlarga imtiyozlar nazarda tutilgan.

 

Diqqat! Yuqoridagi imtiyozlar oliy ta’lim muassasasining mulkchilik shaklidan qat’i nazar ya’ni davlat OTMsi yoki xususiymi, O‘zbekistondami yoki xorijdami taqdim qilinadi.

 

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich