Янгиликлар
Qisqarishga tushgan xodimlarning huquqlari
Qisqarishga tushgan xodimlarning huquqlari
Avvalo, MK 92-moddasiga ko'ra, qisqarishga tushgan xodimga ish beruvchi boshqa ish taklif qilishi shart.
MK 67-moddasida mehnat shartnomasi alohida asoslarga (89-moddaning to‘rtinchi qismi, 100-modda ikkinchi qismining 1,2 va 6-bandlari, 106-moddaning 2-bandi) ko‘ra bekor qilinganda moddiy madad berish uchun belgilangan qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutilgan. Unga ko’ra, yuqoridagi asoslarga ko’ra shartnoma bekor qilinsa xodimga barcha hisob-kitoblar (ish haqi, foydalanilmagan ta'tillar uchun kompensatsiya) to'langanidan tashqari ish qidirish davrida 2 oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi (e’tibor bering, xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi deyilmoqda. Shartnoma 1 noyabrdan bekor qilingan bo‘lsa, ishdan bo‘shatish nafaqasi noyabr oyi uchun beriladi va dekabr uchun ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi).
Agar xodim yuqoridagi asoslardan biri bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan 3 oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Sizning holatingizda ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilinishi niyati haqida, xodimni Mehnat kodeksi 102-moddasining birinchi qismiga ko’ra kamida 2 oy oldin ogohlantirishi shart va bu ogohlantirish muddati ularga muvofiq keladigan pullik kompensatsiyaga faqatgina taraflar kelishuviga ko’ra almashtirilishi mumkin.
Ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda, xodimning Mehnat kodeksi 67-moddasining 1 va 3 -qismlarida nazarda tutilgan moddiy madad olishga oid qo‘shimcha kafolatlari saqlanib qoladi, hamda u mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng 2 va 3 oylar davomida ishga joylashmagan taqdirda unga 2 va 3 oylar uchun ilgarigi ish joyidan o‘rtacha ish haqini to‘lash muddatlari ham o‘zgarmaydi.
Xulosa qiladigan bo’lsak, masalan o’zaro kelishuv asosida 2 oylik ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va qisqarishga tushgan xodim bilan shartnoma bekor qilindi.
Bunda, MK 67 va 109-moddalardagi kafolatlar ham saqlanib qoladi. Xodimning o’rtacha ish haqi – 3 mln. Demak, unga ish qidirish davrida 2 oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida xodimning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi.
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov