Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Ayollarning og`ir sharoitlarda mehnat qilishi


Ayollarning og`ir sharoitlarda mehnat qilishi

MK 225-moddasiga ko’ra, mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini qo‘llanish taqiqlanadi, yer ostidagi ba’zi ishlar (jismoniy bo‘lmagan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko‘rsatish ishlari) bundan mustasnodir. Ayollarning ular uchun mumkin bo‘lgan normadan ortiq yukni ko‘tarishlari va tashishlari man etiladi.

Ayollar mehnatini qo‘llanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlarning ro‘yxati hamda ular ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan yuk normalarining chegarasini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning vakillari maslahatini olgan holda tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 1999-yil 24-dekabrda va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1999-yil 22-dekabrda tasdiqlangan "Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman qo‘llanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar "ro‘yxati o‘z kuchini yo‘qotgan. Mazkur ro’yxat bilan bilan ayollar mehnati toʼliq yoki qisman qoʼllanilishi taqiqlanadigan jami 400 ga yaqin kasblar belgilangan edi. Ana shu o’z kuchini yo’qotgan hujjatga ko’ra, ayollar slesar-santexnik, buldozer haydovchisi bo’lib ishlashlari taqiqlangan edi. Lekin bu ro’yxat o’z kuchini yo’qotgan.

Demak, ayollar slesar-santexnik hamda umuman slesarlik bilan bog'liq boshqa faoliyatlar kessonshik-slesar, elektroslesar bo’lib hamda avval taqiqlangan 400 ga yaqin boshqa kasblarda (kran mashinisti, buldozer mashinisti, g’avvos, matros, gazpayvandchi, g’isht teruvchi, hattoki portlatuvchi (взрывник) va boshqalar) bemalol ishlashlari mumkin.

 

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov