Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Xorijda xususiy OTMda sirtqida o'qiydigan xodimlarga ham ish beruvchi ta'til va yo'l kira berishi shartmi?


Xorijda xususiy OTMda sirtqida o'qiydigan xodimlarga ham ish beruvchi ta'til va yo'l kira berishi shartmi?

Avvalo, MK 248-moddasiga ko’ra, ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

MK 249-moddasiga ko’ra esa, ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.

Shuningdek, MK 250-257-moddalarida ham oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotganlarga imtiyozlar nazarda tutilgan.

Diqqat! Yuqoridagi imtiyozlar oliy ta'lim muassasasining mulkchilik shaklidan qat’i nazar ya’ni davlat OTMsi yoki xususiymi, O’zbekistondami yoki xorijdami taqdim qilinadi.

Demak, siz Qirg’izistonda xususiy universitetda sirtqida o’qiyotgan bo’lsangiz, Sizga ham ish beruvchi MK 250-257-moddagi kafolatlatni taqdim qilishi shart. Ya’ni MK 256-moddasiga ko’ra ish haqi saqlangan ta’til (ta’til muddati kursingizga qarab farqlanadi) va MK 257-moddasiga ko’ra Qirg’izistonga borib-kelishingiz uchun yiliga bir marta yo‘l kiraning 50 foizdan kam bo‘lmagan qiymatini to‘lab berishi shart.

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov