Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Masofaviy ta’lim shaklida o'qiydigan xodimlar uchun ham ish haqi saqlangan ta'til berilshi


Masofaviy ta’lim shaklida o'qiydigan xodimlar uchun ham ish haqi saqlangan ta'til berilshi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 22-bandiga ko’ra, ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan o‘tish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.

Demak, semester oxirida yakuniy imtixonlar uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.

Ta’til berish uchun asos sifatida ish joyingizga o’qish joyidan ma’lumotnoma va OTM tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazorat grafigi nusxasini taqdim qilishingiz mumkin. O’qish joyidan ma’lumotnomani my.gov.uz saytidan yuklab olish mumkin!

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov