Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Paxta maydonlarni sugʼorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi


Paxta maydonlarni sugʼorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi

 

“Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʼllab-quvvatlashning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–23-son, 26.01.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʼra: mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-toʼqimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning taʼsischilarini yigʼilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan boʼladigan munosabatlariga taʼsir oʼtkazish qatʼiyan man etiladi;

paxta-toʼqimachilik klasterlariga toʼrt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qoʼshimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.

2023 yil hosilidan har yili 1 oktyabrgacha paxta-toʼqimachilik klasterlari tomonidan fermer xoʼjaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirish boʼyicha fьyuchers shartnomalari tuziladi (2023 yil hosili uchun 2023 yil 1 fevralga qadar).

Shuningdek, 2023 yildan: xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ular qiymatining 30 foizi qoplab beriladi;

paxta yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sugʼorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.

2025 yil 1 yanvargacha import qilinadigan ayrim mineral oʼgʼitlarga bojxona bojining “nol” stavkasi qoʼllaniladi.

 

Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi      Sh.Malikov