Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Tovar (ish, xizmat) haqida notoʼgʼri maʼlumot berilgan taqdirda isteʼmolchining huquqlari


Tovar (ish, xizmat) haqida notoʼgʼri maʼlumot berilgan taqdirda isteʼmolchining huquqlari

Istemolchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonuning 7-moddasiga ko’ra Аgar tovar (ish, xizmat) haqida notoʼgʼri yoki yetarli darajada toʼliq boʼlmagan maʼlumot berilganligi:

zarur isteʼmol xossalariga ega boʼlmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab boʼlsa, isteʼmolchi shartnomani bekor qilishga va oʼziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;

sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan koʼzlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab boʼlsa, isteʼmolchi tegishli maʼlumot oqilona qisqa (koʼpi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Аgar maʼlumot aytilgan muddatda berilmasa, isteʼmolchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;

isteʼmolchining hayotiga, sogʼligʼiga yoxud mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab boʼlsa, u ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oldiga qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni qoʼyishga haqlidir.

Isteʼmolchining tovar (ish, xizmat) haqidagi notoʼgʼri yoki yetarli darajada toʼliq boʼlmagan maʼlumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʼgʼrisidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida isteʼmolchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi.

Notoʼgʼri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan toʼliq hajmda qoplanishi lozim.

 

Bekobod shahar adliya bolimi boshligi           X.Bibayev