Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million soʻmgacha ustamalar beriladi


Yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million soʻmgacha ustamalar beriladi

Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3416, 16.01.2023-y.)

Nizomga koʻra, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi 2 yoʻnalish boʻyicha sarflanadi:

- 75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga;

- 25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda taʼmirlashga.

Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy ragʻbatlantirishning quyidagi turlari qoʻllaniladi:

- tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar;

- yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million soʻmgacha maxsus oylik ustamalar;

- oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qoʻshimcha ustamalar;

- tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullari.

❗️ Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi boshlig’i I.Xatamov