Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Ayrim sud ishlarini yuritish maʼmuriy organlarga oʻtkaziladi


Ayrim sud ishlarini yuritish maʼmuriy organlarga oʻtkaziladi

"Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni (PF–12-son, 16.01.2023-y.) qabul qilindi.

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023-yil 1-sentyabrgacha “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024-yildan amaliyotga toʻliq joriy etiladi.

Farmonga koʻra, quyidagilar joriy etiladi:

- ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlarni koʻrish vakolati maʼmuriy organlarga oʻtkaziladi;

- ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar quyi instansiya sudlarining oʻzida yakunlash tartibi belgilanadi.

Ayrim yoʻnalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni koʻpaytiriladi.

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida oʻtiradi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi E.Eshonqulov