Янгиликлар
Qonunchilikdagi yangiliklar
Qonunchilikdagi yangiliklar
Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi (OʻRQ–814-son, 18.01.2023-y.) .
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylangan kuzatuv kengashi aʼzosi mazkur yigʻilish bayonnomasida qaysi aksiyadorning vakili ekanligi yoki kuzatuv kengashining qaysi aʼzosi mustaqil aʼzo ekanligi koʻrsatilishi kerak.
Shuningdek, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida 1 nafar mustaqil aʼzo kiritiladi.
Bunda mustaqil aʼzolikka nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tanlov asosida koʻrsatiladi.
Bundan tashqari, agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa va bunda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organining aybi isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi B.Jumaboyev