Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Huquqiy maslahat


Huquqiy maslahat

Savol: Ikkita farzandim Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi. Yaqinda farzandlarimni olib 10 kunga sayohatga ketmoqchimiz. Ushbu holatda maktabgacha taʼlim tashkilotiga oylik toʻlovlar qanday tartibda toʻlanadi?

Javob: “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi” nizomga asosan Quyidagi sabablar bilan bolaning bogʻchaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi toʻlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:

- bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi sababli;

- karantin holatida boʻlganligi tufayli;

- ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra.

Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.

Agar bolaning kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.

Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bogʻchaga qatnashi butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda bogʻchaga qatnagan kunlar uchun toʻlanadi.

Sizning holatingizda farzandlaringizning maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlmagan davri uchun toʻlov undirilmaydi.

 

Nurafshon shahar adliya boʻlimi xodimi E.Ergashev

.