Янгиликлар
ADLIYА ORGANI TOMONIDAN FUQAROLARNI HUQUQLARINI HIMOYА QILISH YUKSAK VAZIFALARDAN BIRI
ADLIYА ORGANI TOMONIDAN FUQAROLARNI HUQUQLARINI HIMOYА QILISH YUKSAK VAZIFALARDAN BIRI
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek, mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlarning samarasini har bir inson o‘z hayotida his etishi uchun qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida va samarali ta’minlash, jamiyatimizning boshqa sohalari kabi inson huquqlari muhofazasiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ham zamon talabidan kelib chiqib tubdan takomillashtirish bugungi kunning muhim talabidir.
Aytish kerakki, fuqarolar murojaatlari va shikoyatlarni ko‘rib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash, inson huquqlarini kafolatlovchi qonunchilik bazasini mustahkamlash borasida faoliyat yurituvchi adliya organi mamlakatimiz huquq tizimida alohida o‘rin egalladi.
Xususan, fuqaro B. Karajanovning Yangiyo‘l shahrida joylashgan savdo do‘koni shahar hokimligi tomonidan kompensatsiya pullari ajratilmasdan buzdirib tashlanganligidan norozi bo‘lib yozgan murojaatini o‘rganish davomida Yangiyo‘l shahar hokimligidan kompensatsiya pullarini undirish to‘g‘risida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasiga asosan sudning hal qiluv qarori bilan fuqaro foydasiga 142 mln. so‘m miqdorida kompensatsiya pullari undirib berilishi ta’minlandi.
Inson asli hur yaralgan. Uni kamsitishga, o‘z manfaati yo‘lida huquqlarini poymol etishga, ruhan va jismonan qiynoqqa solishga hech kim haqli emas. Shunday ekan, adliya organi inson huquqlarini tiklash, adolatni qaror toptirish yo‘lida barcha fidoiy insonlarni, davlat va nodavlat tashkilotlari mas’ullarini hamda xalqning ishonchli vakillarini hamkorlikka chaqiradi. Agar birgalikda harakat qilsak, ko‘zlagan maqsadimizga albatta erishamiz.
Nuriddin Ismailov
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi