Янгиликлар
VASIYATNOMANI QAYTARIB OLISH MUMKINMI?
VASIYATNOMANI QAYTARIB OLISH MUMKINMI?
CAVOL: Men shariy nikox bilan turmush qurganman. Mening ikki nafar farzandim bor.Turmush oʻrtogʻimni boshqa oilasi va 3 nafar farzandlari bor. Biz yashab turgan kvartirani turmush oʻrtogʻim katta oʻgʻlimni nomiga meros kilib notarial idora orqali oʻtkazib bergan. Yashab turgan uyni turmush oʻrtogʻimni oilasi olib qoʻyishi mumkunmi. Yoki merosni bekor qila oladimi?
JAVOB: Vasiyat qiluvchi istagan vaqtda oʻz vasiyatnomasini toʻlaligicha bekor qilishga yohud unda mavjud boʻlgan ayrim vasiyat farmoyishlarini yangi vasiyatnoma tuzish orqali bekor qilishga, oʻzgartirishga yoki toʻldirishga haqli. Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yoki uning yozma farmoyishiga binoan notarius yohud boshqa mansabdor shaxslar tomonidan uning barcha nusxalarini yoʻq qilib tashlash yoʻli bilan bekor qilinishi mumkin. Yangi vasiyatnoma tuzish orqali oldin tuzilgan vasiyatnoma toʻlaligicha yoki uning keyingi vasiyatnomaga zid boʻlgan qismi bekor qilinadi.
Agar vasiyat qiluvchi tomonidan keyingi vasiyatnoma oʻz navbatida bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan boʻlsa, yangi vasiyatnoma tuzish oraqali toʻlaligicha yoki qisman bekor qilingan oldingi vasiyatnoma qayta tiklanmaydi.
Bundan tashqari, “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning 232-bandiga asosan notarius tomonidan vasiyat qiluvchining vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasi shahodatlantirilishi kerak.
Oqqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi
bosh maslaxatchisi: S.Yuldashev