Янгиликлар
Pora bergan shaxsga qanday javobgarlik bor ?
Pora bergan shaxsga qanday javobgarlik bor ?
Jinoyat kodeksining 211-modasiga koʻra, pora berish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yuqoridagi normani soddaroq tilga oʻgiradigan boʻlsak, bir shaxs bitmagan ishini birorta mansabdorni yordamida bitirish uchun oʻsha mansabdorga oʻzi yoki birorta vositachi yordamida pora berib, men shu ishni qilaman sen koʻrmaslikka olib turasan yoki koʻrmaslikka olib turmaysan shu ishni meni oʻrnimga sen qilasan deb uni mansabidan foydalanib ishini bitirmoqchi boʻlsa, anashunday shaxs yuqoridagi javobgarlikka tortiladi. Sud jarayonida pora berish jinoyati qanday shaxs tomonidan, qancha miqdorda va kimlar bilan birgalikda sodir qilinganiga qarab jazo turi va muddatlari ogʻirlashtiriladi.
Agar pora bergan shaxs 30 sutka davomida aybini tan olib, bunga majburlanganini bildirib, oʻz hohshi bilan arz qilsa javobgarlikka tortilmaydi.
Agar pora bergan shaxs pora olgan mansabdor bilan ishi bitmaganidan keyin 3-4 oydan soʻng biror joyga shikoyat qilib — “men u odamni sinash uchun 5 ming dollar bergandim, yoʻq oʻzi yomon odam emas, shunchaki pulingni ishlatib qoʻydim deyapti, pulimni qaytarib bersin” desa, bunday holatda uni oʻzini jazosi biroz yengillashtirilishi mumkin lekin toʻliq emas. Endi olgan bilan bergan qolgan masalani ichkarida kelishib olishiga toʻgʻri keladi.
Oqqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi: A.Boboyorov