Янгиликлар
Subsidiya orqali uy-joy olish uchun qanday xujjatlar tayyorlash kerak?
Subsidiya orqali uy-joy olish uchun qanday xujjatlar tayyorlash kerak?
Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan ariza beruvchi subsidiya asosida uy-joy olish uchun quyidagi xujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi.Bular:
1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari;
2. Oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi va farzandlar tugʻilganligi haqidagi guvohnomalar nusxalari;
3.Belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi toʻgʻrisida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati toʻgʻrisida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan maʼlumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);
4.Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi bilan toʻgʻri kelsa);
5.Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʻyicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi bilan toʻgʻri kelsa);
6. Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (qoʻshimcha daromadlar boʻlsa soliq deklaratsiyasi).
Ariza beruvchidan yuqorida koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Oqqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh maslaxatchisi: V.Farmankulov