Янгиликлар
MODDIY YORDAM KIMLARGA BERILADI?
MODDIY YORDAM KIMLARGA BERILADI?
Avvalo moddiy yordam moliyalashtirish manbalariga koʻra tashkilot mablagʻlari hisobidan va kasaba uyushmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan moddiy yordamga ajratilishini taʼkidlab oʻtish kerak.
Moddiy yordam toʻlash aslida xodimni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, unga moddiy koʻmak berish demakdir. Shu sababli koʻpgina tashkilotlarda u yoki bu asoslar boʻyicha moddiy yordam toʻlovi miqdori jamoa shartnomalarida yoki boshqa lokal hujjatlarda belgilab qoʻyiladi.
Moddiy uning mohiyatidan kelib chiqib, ayni bir xil" asoslarga koʻra ayni bir xil miqdorlarda barcha xodimlarga toʻlanishi yoki moddiy yordam miqdori mansab okladlariga bogʻlab qoʻyilishi mumkin.
Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerak, moddiy yordam quyidagi hollarda berilishi mumkin:
1) vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan toʻlov;
2) xodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoxud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlov;
3) favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan toʻlov;
4) maqsadli xususiyatga ega boʻlgan hamda xodimlar bilan yuz bergan shaxsiy tusdagi voqealar, hodisalar va tadbirlar bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlar;
5) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlar;
Tashkilot rahbariga moddiy yordam ajratish toʻgʻrisida ariza kiritildai, biroq, moddiy yordam tashkilotning moddiy bazasi yaxshi boʻlgandagina berilishi mumkin.
Qonunchiligimizda moddiy yordamning aniq miqdorlari belgilanmagan, odatda miqdor tashkilotning lokal hujjatlarida koʻrsatilgan boʻladi.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish dalillari boʻyicha tashkilot harakatlarining mehnat qonunchiligiga muvofiqligini tekshirish talabi bilan Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga yoki mehnat qonunchiligining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni amalga oshiradigan prokuratura organlariga murojaat qilish mumkin.
Oqqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh maslaxatchisi: F.Xaitmetov