Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

OʻQITUVCHILARNI VIDEOGA OLIB IJTIMOIY TARMOQLARGA TARQATGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR


OʻQITUVCHILARNI VIDEOGA OLIB IJTIMOIY TARMOQLARGA TARQATGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR

Soʻnggi vaqtlarda oʻqituvchilarni videoga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish holatlari koʻplab uchramoqda.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 46-2-moddasida shaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish,

➖ fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha;

➖ mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan.

Agar ushbu harakatlar maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilgandan soʻng 1 yil ichida takrorlansa, unda jinoiy javobgarlik chorasi qoʻllaniladi (Jinoyat kodeksi 141-2-moddasi).

Biroq bu hammasi emas. Agar oʻqituvchi fuqarolik sudiga oʻziga yetkazilgan maʼnaviy zararni undirishni soʻrab daʼvo qilsa bormi? Yuqoridagi summalar chikora.

Fuqarolik kodeksi 1021-moddasi ikkinchi qismida zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻ-eʼtiborini haqoratlovchi maʼlumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan boʻlsa maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qatʼi nazar, qoplanishi belgilangan.

Ushbu qoida, aynan oʻqituvchinining videosini ijtimoiy tarmoqqa joylab, uning qard qimmatini, ishchanlik obroʻsini toʻkayotgan shaxslarga zararni qoplash majburiyatini yuklaydi.

Bunda maʼnaviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon toʻlashga asos boʻlgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi.

Agar oʻqituvchi haqiqatda nohaq boʻlib, uni videoga olingan boʻlsa, bu video huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilishi kerak. Shunda video dalil sifatida tan olinishi va oʻqituvchiga muayyan javobgarlik chorasi qoʻllanilishi mumkin.

          Biroq ijtimoiy tarmoq orqali tarqatish yuqoridagi javobgarlik choralarini qoʻllashga sabab boʻladi.

 

Oqqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi

YUXKM bosh maslaxatchisi:                                                                        N.Nazarimbetov