Янгиликлар
Paxta maydonlarni sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi
Paxta maydonlarni sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi
“Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
- mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning taʼsischilarini yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan boʻladigan munosabatlariga taʼsir oʻtkazish qatʼiyan man etiladi;
- paxta-toʻqimachilik klasterlariga toʻrt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qoʻshimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.
2023-yil hosilidan har yili 1-oktyabrgacha paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan fermer xoʻjaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirish boʻyicha fyuchers shartnomalari tuziladi.
Oqqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi
bosh maslaxatchisi: S.Yuldashev