Янгиликлар
Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma bering
Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma bering
2023-yil 30-yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YAIDXP orqali olish mumkin.
Buning uchun my.gov.uz orqali buyurtma berilib, unda:
- boʻsh qatorlar oʻzingizga tegishli shaxsiy maʼlumotlar bilan toʻldiriladi;
- tegishli bandlar tanlanadi;
- yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;
- mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qoʻyiladi;
Soʻngi qadamda invoys shakllanib, BHMning 70 foizi (210 ming soʻm) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming soʻm toʻlanadi.
Markaz xodimi buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.
Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil boʻyicha yetkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.
Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni DXMga topshiradi.
Oqqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi
DXM deriktori: E.Sarimsakov