Янгиликлар
2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati – 31-mart
2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati – 31-mart
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:
2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.
Oqqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi
DXM deriktori: E.Sarimsakov