Янгиликлар
Taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari belgilandi
Taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari belgilandi
“Oʻzbekiston taekvondo akademiyasi va ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari belgilandi.
Taekvondo (WT) boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish shular jumlasidandir.
2023-yil 1-fevralgacha hududlarda ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini tashkil etish uchun foydalanilmayotgan boʻsh binolar taekvondo (WT) assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalariga vaqtinchalik foydalanish uchun bepul ajratiladi va ular faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Qarorga koʻra, Taekvondo akademiyasiga fuqarolar va chet el fuqarolari kasbiy mahorati va malakasini oshirish uchun toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Oqqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi
bosh maslaxatchisi: S.Yuldashev