Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

FHDYО organlari xodimlari o‘zi va qarindoshlarining dalolatnoma yozuvlarini qayd etishi mumkin emas


FHDYО organlari xodimlari o‘zi va qarindoshlarining dalolatnoma yozuvlarini qayd etishi mumkin emas

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan FHDYo organlari xodimlari hamda konsul o‘zi, eri yoki xotini o‘zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug‘ishgan aka-uka, opa-singillari) to‘g‘risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishga haqli emaslar.

Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘ysunish tartibida yuqori organning yozma ko‘rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDYo organida amalga oshiriladi.

Tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko‘ra tiklanadi. Agar o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishi haqidagi yozuv yo‘qolgan bo‘lsa yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma’muriyatining arizasiga binoan tiklanadi.

Yozuvni tiklashdan manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yozuvni tiklash O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. Agar dalolatnoma yozuvining ikkala nusxasi ham yo‘qolgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvini tiklash 16 yoshga to‘lgan fuqaroning shaxsiy arizasiga ko‘ra FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Dalolatnoma yozuvlarini tiklash ularni tiklash uchun asos bo‘lgan barcha holatlar FHDYo organi tomonidan aniqlangandan keyingina amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvini tiklash to‘g‘risidagi ariza olingan taqdirda FHDYo organi dalolatnoma yozuvini tiklash uchun asosligini tasdiqlovchi dalolatnoma yozuvlaridan nusxalarni, ular saqlanadigan joydagi tegishli FHDYo organlaridan «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimi orqali so‘rab olishi mumkin.

 

 

Chinoz tumani adliya bo’limi FXDYo bo ‘limi mudirasi

Sotivoldiyeva Gulnoza Nig‘matilla qizi