Янгиликлар
Tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi
Tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi
“Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobiZahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ–20 son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra:
“Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligiva madaniyati rivojida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi;
“Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targ‘ibot dasturi amalga oshiriladi;
Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag‘ishlab suratga olinayotgan “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” badiiy filmini yakuniga yetkazish choralari ko‘riladi;
Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:
▫️o‘zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”ning to‘ldirilgan uchinchi nashri;
▫️“Bobur” kitob-albomi;
▫️Bobur asarlari lug‘ati;
▫️Bobur devonining mukammal nashri.
2023/2024 o‘quv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
2023 yil 1 avgustgacha o‘zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.
Chinoz tuman adliya bo'limi yuridik xizmat
ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti
J.Muhammadiev.