Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining vakolatlari


O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi:

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligiga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ravishda ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi, jinsi bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitilganligi munosabati bilan hayotida og‘ir vaziyatga tushib qolgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus muassasalarni tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko‘rish va ularni bekor qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi, davlatning rahbarlik lavozimlariga ilgari surish chog‘ida jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipini ta’minlashga ko‘maklashadi, davlat organlarining jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtiradi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi vaziyatning monitoringini va tahlilini o‘tkazadi, shuningdek jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish holatlarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasida ta’limga oid, axborot-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalariga doir murojaatlarini qabul qilishni, ko‘rib chiqishni va tahlil qilishni amalga oshiradi hamda buzilgan huquqlarni tiklash yuzasidan choralar ko‘radi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi ishlarning holati to‘g‘risida har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga axborot taqdim etadi, jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishni amalga oshiradi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash va bu borada xalqaro standartlarga rioya etish sohasida xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning tegishli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

 

Ohangaron shahar adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                      O.Annakulov