Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Renta shartnomasi


Renta shartnomasi

Renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) ko‘chmas yoki ko‘char mol-mulkni boshqa tarafga (renta to‘lovchiga) mulk qilib beradi, renta to‘lovchi esa olingan mol-mulk o‘rniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni ta’minlash uchun boshqa shaklda mablag‘ berish tarzida renta to‘lash majburiyatini oladi. Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot bo‘lgan muddat mobaynida to‘lash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yo‘l qo‘yiladi. Umrbod renta fuqaroni o‘z qaramog‘iga olgan holda umrbod ta’minlash sharti bilan belgilanishi mumkin. Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, ko‘chmas mol-mulkni renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutadigan shartnoma esa bundan tashqari davlat ro‘yxatidan ham o‘tkazilishi lozim. Renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga beriladigan mol-mulk renta oluvchi tomonidan renta to‘lovchiga haq evaziga yoki tekinga mulk qilib berilishi mumkin.

Renta shartnomasida mol-mulkni haq evaziga topshirish nazarda tutilgan taqdirda taraflarning mol-mulkni topshirish va uning haqini to‘lash bo‘yicha munosabatlariga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, bunday mol-mulk tekinga berilgan hollarda esa hadya shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi, basharti ushbu bobning qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa va bu hol renta shartnomasining mohiyatiga zid . Renta to‘lash sharti bilan berilgan yer uchastkasi, korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkdan renta olinadi. Renta to‘lovchi bunday mol-mulkni boshqa shaxsga bergan taqdirda renta shartnomasi bo‘yicha uning majburiyatlari mol-mulkni oluvchiga o‘tadi. Renta olinadigan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga mulk qilib bergan shaxs, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki shartnomada bu majburiyat bo‘yicha solidar javobgarlik nazarda tutilmagan bo‘lsa, renta oluvchining renta shartnomasi buzilgani tufayli kelib chiqqan talablari bo‘yicha boshqa shaxs bilan subsidiar javobgar bo‘ladi.

Ohangaron shahar adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                       O.Annakulov