Янгиликлар
Assalom alaykum yuridik markazga kelib tushayotgan murojaatlardan biri. Xodimimiz 1 oy muddatga ish haqi saqlanmagan holda taʻtil olib ketgandi. Shu davrda operatsiya bulib bolnichniy qildiribdi. Ish haqi saqlanmagan davri uchun ham bolnichniy toʻlanadim
Assalom alaykum yuridik markazga kelib tushayotgan murojaatlardan biri. Xodimimiz 1 oy muddatga ish haqi saqlanmagan holda taʻtil olib ketgandi. Shu davrda operatsiya bulib bolnichniy qildiribdi. Ish haqi saqlanmagan davri uchun ham bolnichniy toʻlanadimi?
javobi:
❌ ”Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʼgʼrisida”gi yoʼriqnomaning https://lex.uz/docs/-2625878 (roʼyxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 8-bandiga koʼra, mehnatga layoqatsizlik varaqalari ishlamaydigan shaxslarga, ish haqi saqlanmagan holda mehnat taʼtilida boʼlgan shaxslarga (mazkur Yoʼriqnomaning 29-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollardan tashqari) va harbiy xizmatchilarga berilmaydi ????.
✅ Yoʼriqnomaning 29-bandi uchinchi xatboshisiga koʼra, bola ikki va uch yoshga toʼlgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan taʼtil yoki ish haqi saqlanmagan holda qoʼshimcha taʼtilda boʼlgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.
❌ “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning https://lex.uz/docs/-357102 (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) 22-bandiga koʻra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ish haqi saqlanmagan taʻtil davriga toʻgʻri kelganda nafaqa toʻlanmaydi.
⚠️ Diqqat! Ish haqi saqlanmagan taʻtil tugagan, biroq kasallik varaqasi hali yopilmagan boʼlsa, xodim ishga chiqishi kerak boʼlgan kunlar uchun nafaqa olish huquqiga ega.
⚠️Vaziyat
Xodim 5 kunga – 18–23-yanvar kunlari uchun oʼz hisobidan taʼtilga chiqdi, biroq xodim 21–26-yanvar kunlari orasida kasal boʼldi. Yaʼni kasallik davri qisman Ish haqi saqlanmagan taʻtil davriga toʼgʼri keldi (3 kun yaʻni 21-23-yanvar). Ana shu 3 kunga bolnichniy toʻlanmaydi. 27-yanvar kuni ishga chiqib, buxgalteriyaga kasallik varaqasini taqdim etdi.
Buxgalter 24–26-yanvar kunlari uchun nafaqa hisoblashi kerak.
Soli Xakimov
Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi
1-darajali yurist