Янгиликлар
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2022-yil davomida
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2022-yil davomida
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish;
davlat boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash;
huquq ijodkorligi va normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;
notariat va advokaturaning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish va davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish;
huquqiy targʻibotni amalga oshirish va boshqa adliya organlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Xususan, murojaatlar bilan ishlash boʻyicha
Boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlar tomonidan jami
12 516 ta (10 685 ta yoki 1831 taga koʻpaygan) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati qabul qilinib, shundan 8 205 tasi yoki
68 foizi qanoatlantirildi (6 464 ta yoki 1 741 taga, qanoatlantirish 5,5 foizga koʻpaygan).
Murojaatlarning eng koʻpi 3 214 tasi mehnat nizolari,
871 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 736 tasi qonun hujjatlariga tushuntirish berish, 664 tasi ijtimoiy himoyaga, 530 tasi uy-joyga, 408 tasi taʼlimga, 405 tasi yerga, 342 tasi notariatga, 341 tasi kommunal va boshqa sohadagi murojaatlar hisoblanadi.
Hududlarda, xususan olis va chekka MFYlarga borgan holda (viloyat boʻyicha barcha MFYlar toʻliq qamrab olindi) oʻtkazilgan sayyor qabullar natijasida jami 4 367 ta (2 968 ta) murojaat qabul qilinib, qonuniy hal etildi.
Taʼsir choralari boʻyicha
Hisobot davrida oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasida aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 5 879 ta (1 763 ta) taqdimnoma, 1 302 ta (411 ta) maʼmuriy va 19 ta (35 ta) jinoiy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda sudlarga 61 mlrd. soʻmlik 2 458 ta (2 096 ta) daʼvo arizalari kiritilgan.
Natijada 2 044 nafar shaxs (1 155 ta) intizomiy va 1 082 nafar shaxs (360 ta) maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 17 233 ta (557 ta) noqonuniy hujjatlar bekor qilindi hamda 104 ta (16 ta) qaror ijrosi toʻxtatildi, shuningdek, 82 mlrd. 400 mln. soʻmdan (51 mlrd. 400 mln. soʻm) ortiq pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi (taqdimnomaga asosan 21 mlrd. 400 mln. soʻm, daʼvo boʻyicha 2 591 ta
61 mlrd. soʻm).
Dilshod Turdimuhammadiyev,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
yetakchi maslahatchisi