Янгиликлар
Oʻtgan 2022-yilda “E-qaror” elektron tizimi boʻyicha qanday ishlar olib borildi?
Oʻtgan 2022-yilda “E-qaror” elektron tizimi boʻyicha qanday ishlar olib borildi?
Toshkent viloyatida “Ye-qaror” elektron tizimi ishga tushgandan buyon 18 185 ta hujjatlar qabul qilingan boʻlib, shundan 9 868 ta hokim qarorlari, 5 647 ta hokim farmoyishi va 2 670 ta Kengash qarorlaridan iboratdir.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 242 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Shuningdek, 252 ta yer munosabatlariga doir qaror loyihalari ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan boʻlib, shundan 47 tasi “maqsadga muvofiq”ligi, 19 tasi “maqsadga muvofiq emas”ligi hamda
179 tasiga “maqsadga muvofiq eʼtirozlar bilan” belgisi qoʻyilib, ekspertizadan oʻtkazilgan, 7 tasi rad etilgan.
Bundan tashqari, 76 ta asossiz ravishda eʼlon qilinmaganligi uchun ochiq holatda boʻlishi taʼminlandi hamda 133 ta asossiz ravishda eʼlon qilingan uchun cheklov qoʻyildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 139 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 857 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 28 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilindi hamda qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
Masalan, Qibray tuman hokimining 2022-yil 6 sentabrdagi
“Uy va turar joyning inventar yigʻma jildidan olingan maʼlumotlar ayrim turlaridan koʻchirmalar va nusxalar berish tartibi toʻgʻrisida”gi 438-10-139-Q/22-sonli hamda 2022-yil 6-sentyabrdagi “Tumandagi xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllaridan, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
439-10-139-Q/22-sonli qarorlari normativ tusdagi qaror boʻlsada, adliya boʻlimidan ekspertizadan oʻtkazilmasdan qabul qilingan.
Mazkur qarorlar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga 2022-yil 29-sentyabrda Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib, Kengashning 2022-yil 14-noyabrdagi VI-46-107-10-139-K/22-sonli qaroriga asosan yuqoridagi qarorlar bekor qilingan.
“Ye-qaror” tizimi hozirda 9 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan.
“Ye-qaror” tizimining ishga tushirilganligining eng muhim asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat.
1. Qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlar bilan barcha tanishib borish imkoni yaratildi;
2. Yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlari yuzasidan qabul qilingan hujjatlarni tizim orqali mustaqil olishlari mumkin boʻldi;
3. Qabul qilishda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish jarayonlari elektron tarzda boʻlganligi sababli korrupsion holatlarning oldi olinishi taʼminlandi;
4. Tizim orqali qabul qilishda jismoniy va yuridik shaxslarning vaqti tejaldi, ortiqcha sarson-sargardonchilikni oldi olindi.
5. Har bir qaror va farmoyish uchun oʻrtacha 10 dona (oʻrtacha 5 gramm) varaq sarflanishini inobatga olinsa, oʻtkan davr mobaynida 9 tonna qogʻoz sarfi tejaldi.
Kamoliddin Dastamov,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
bosh mutaxassisi