Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Huquqiy targʻibotlar boʻyicha


Huquqiy targʻibotlar boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan jami 16 803 ta, shundan 7 416 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 8 578 tasi ogʻzaki, 809 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.

Shundan, 768 ta televideniye, 585 ta radio, 861 ta gazeta va jurnal hamda 5202 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan.

Shuningdek, 2 194 tasi uyma-uy oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar boʻlsa, 3 580 tasi manzilli huquqiy targʻibotlar hisoblanadi.

Boshqarma va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan turli xil tanlovlar ham oʻtkazilib kelinmoqda.

Shu bilan birga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Adliya minbari”, “Toshkent viloyat adliya boshqarmasi xabarlari”, “Bir murojaat izidan”, “Bilasizmi?”, “Soʻragan edingiz?”, “Qonunchilikdagi yangiliklar”, “Ijobiy yechim”, “Ayollar huquqlari himoyada” kabi loyihalar orqali 300 dan ortiq video va audioroliklar, 200 dan ziyod koʻrgazmali materiallar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

 

“Minjust HR” platformasi qulayliklari boʻyicha

“Minjust  HR” tizimi Adliya vazirining 2021-yil 17-maydagi 166-um-son buyrugʻiga asosan tashkil etilgan.

“Minjust  HR” tizim orqali hozirgi kunda 1 559 ta (355 ta umumiy masaladagi, 587 ta shaxsiy tarkib, 510 ta taʼtil, 23 ta safar va 84 ta NNT) buyruqlar qabul qilindi.

“Minjust  HR” tizimi yoʻlga qoʻyilishi natijasida:

 – 7 000 donadan ortiq qogʻoz sarflanishi;

          – 1 097 nafar xodimning boshqarmaga kelib-ketishi oldi olindi.

Buning natijasida, 50 mln soʻmdan ortiq mablagʻ tejalishi hamda hujjatlarni koʻrib chiqishda masʼul xodim va raxbarlarni vaqti tejalishiga olib keldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son Qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan adliya boshqarmasi tizimida idoraviy buyruqlar “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilishi amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

 

Azizxon Sharafutdinov,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

boʻlim boshligʻi