Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

“Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi


Elektron advokatlik orderini berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotga oʻtish, barcha sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish ishlari jadal rivojlanmoqda. Buning natijasida aholiga xizmat koʻrsatish sifati yanada kuchaymoqda va bir qator sohalar vakillari faoliyatining samaradorligi oshmoqda.

Taʼkidlash joizki raqamlashtirish jarayoni advokatura sohasini ham chetlab oʻtayotgani yoʻq. Jumladan, advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan anʼanaviy shakldagi order maqomiga teng boʻlgan maxsus QR-kod qoʻyilgan "Elektron advokatlik orderi"ni berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Bunda, advokat soʻrovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni koʻrib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda QR-kod qoʻyilgan "Elektron advokatlik orderi" orqali ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi.

Order muqobillik asosida qogʻoz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi maʼlumotni "Yuridik yordam" axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi.

Advokat soʻrovi shakliga qoʻyilgan talablar, shu jumladan unga orderning koʻchirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.

 

Axror Esonboyev,
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi
yetakchi maslahatchisi