Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Toshkent viloyatida “e-huquqshunos” elektron tizimi boʻyicha ishlar olib borilmoqda


Toshkent viloyatida “e-huquqshunos” elektron tizimi boʻyicha ishlar olib borilmoqda

Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, oʻrta va quyi boʻgʻinni huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2020-yildagi PF – 5997-son Farmoniga asosan eksperiment tariqasida (dastlab Qarshi shahrida) yuridik xizmatlar koʻrsatuvchi markaz faoliyati tashkil etildi.

Ushbu tajriba oʻzini ijobiy natijasini koʻrsatganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yildagi
PQ – 5168-son Qaroriga asosan barcha hududlarda tashkil etilib, bugungi kunda markazlar tomonidan har bir tuman (shahar)dagi 22 ta sohada jami 1810 ta tashkilotlarga, jumladan, 884 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari, 530 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 109 ta koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar va boshqa 287 ta davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan jami 330 111 ta
(240 436 ta buyruq, 89 675 ta shartnoma) yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan.

Ushbu hujjatlardan 302 001 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 19 665 tasi qonunchilikka zid boʻlganligi sababli rad qilingan.

Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 451 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga 40 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi hamda natijada 1 mlrd. soʻmga yaqin pul mablagʻlari undirildi.

Hujjatlar bilan ishlash “e-huquqshunos” elektron tizimi orqali toʻliq raqamlashtirildi hamda natijada 165 tonna qogʻoz tejaldi.

Shu bilan birga, xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar hodimlarini huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi qabul qilinayotgan sohaga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 1 000 dan ortiq targʻibot tadbirlari olib borildi.

Markaz tashkil etilgunga qadar 2022-yil davomida xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlarning hujjatlari sud va prokuratura organlari tomonidan bekor qilinmagan.

Bundan koʻrishimiz mumkinki, tashkilotlar tomonidan qabul qilayotgan hujjatlarni markazlar tomonidan puxta va har tomonlama huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi natijasida qonun buzilish holatlari keskin kamayganini koʻrishimiz mumkin.

Masalan, 2023-yil davomida tegishli vazirliklar tasarrufidagi taʼlim, tibbiyot muassasasi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internati, prezident maktabi, kasb-hunar maktabi, kollej, oliy taʼlim muassasalari huzuridagi texnikum, litsey, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlari rejalashtirilgan va boshqa 10 ga yaqin davlat organlarini qamrab olish rejalashtirilgan.

 

“e-ngo” elektron tizimi boʻyicha

Boshqarma tomonidan 2022-yil 30-dekabr holatiga koʻra jami
732 ta nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 442 tasi davlat roʻyxatiga, 290 tasi hisob roʻyxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
272 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 217 tasi islom diniga mansub boʻlsa, 55 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalar toʻliq
e-ngo.uz elektron tizimiga oʻtkazildi.

Buning natijasida mazkur tizim orqali 2022-yilda NNTlardan oʻtkazilish rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan 203 ta xabarnomalar, 1003 ta hisobotlar qabul qilingan, roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan 57 ta, qayta roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan 67 ta, chet ellik shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olish yuzasidan 8 ta murojaatlar elektron tartibda kelib tushgan.

Buning natijasida NNTlarning adliya organlari xodimlari bilan oʻrtadagi inson omilining butunlay yoʻqolishiga, korrupsiyaviy xavf-xatarlarga barham berilishiga, tashkilot aʼzolarining olis hududlardan kelishida 53 mln. soʻmdan ortiq mablagʻ va vaqti tejalishiga, 6 000 donaga yaqin qogʻoz sarfi kamayishiga olib keldi.

 

Yunus Hodjiyev,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

boʻlim boshligʻi