Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Toshkent viloyatida oʻtgan 2022-yilda Davlat xizmatlari markazlari boʻyicha


Toshkent viloyatida oʻtgan 2022-yilda Davlat xizmatlari markazlari boʻyicha

22 ta Davlat xizmatlari markazlariga 2022-yil davomida jami
1 114 653 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 893 172 tasi fuqarolarning shaxsan oʻzi orqali, 221 481 tasi internet orqali murojaat qilgan.

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlarning 985 990 tasi hal etilgan va 128 663 tasi rad etilgan.

Viloyatning chekka va olis hududlarida 82 605 ta sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Hisobot davrida 6 517 ta kichik biznes subyektlari hamda
21 917 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mobil-ID tizimi orqali 66 386 nafar fuqarolar roʻyxatdan oʻtkazildi.

Davlat xizmatlari markazlariga bir kunda oʻrtacha 100 dan oshiq tadbirkorlik subyektlari hamda 5000 nafardan ortiq fuqarolar tashrif buyurishadi va ularga sifatli xizmatlar koʻrsatilib kelinmoqda.

DXMlari orqali hozirgi kunda 200 ta davlat xizmatlar koʻrsatilmoqda hamda bu koʻrsatkich 2023-yilda 225 ta, 2024-yilda 250 ta, 2025-yilda 275 ta va 2026-yilda 300 ta xizmatlar koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

 

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat boʻyicha

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan muntazam ravishda nazorat amalga oshirilib borilmoqda.

Natijada, davlat organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha 13 565 ta holatda qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

Jumladan, eng koʻp qonunbuzilish holatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari 3 241 ta, kommunal tashkilotlarda 2 118 ta hamda qurilish idoralarida 1 204 ta holatlar aniqlandi.

Shunga koʻra, 225 ta taqdimnoma kiritilib, 328 ta maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi. Natijasi boʻyicha 196 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka va 260 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

 

Alisher Turgʻunov,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

bosh maslahatchisi