Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan xisobotlarni topshirmaslik uchun javobgarlik qanday


So‘nggi yilarda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga qulayliklar yaratish, faoliyati erkinligini kafolatlash, davlat organlari va ular o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2019-yil 1-dekabrdan nodavlat notijorat tashkilotlariga qulaylik yaratish maqsadida ularning faoliyati bilan bog‘liq bir qator xizmatlarni elektron tarzda amalga oshirish imkoniyatini ta’minlovchi e-ngo.uz portali orqali amalga oshirilmoqda.

Ushbu portal orqali elektron tarzda:

- nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ramzlarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;

- nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish;

- nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotlar taqdim qilish;

- nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni kelishish;

- nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun elektron tarzda hujjatlar taqdim etish amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasin “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi 57-son Nizomning 47-bandi talablariga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, belgilangan hisobot shakllari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining “Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shaklini tasdiqlash haqida” 2018-yil 27-iyundagi 336-mh-son va “Diniy tashkilotlar tomonidan adliya organlariga taqdim etiladigan hisobot shaklini tasdiqlash haqida” gi 2018-yil 3-dekabrdagi 537-mh-son buyurug‘lari bilan belgilab qo‘yilgan.

Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan e-ngo.uz elektron platforma orqali ham nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan hisobotlar topshirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilishi nodavlat notijorat tashkilotlariga yaratilgan qulayliklardan biri bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Biroq, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Qonunlar talablariga roiya qilmaslik yoki belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yillik hisobotlarni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki tashkilotlarning o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etishi, shuningdek axborotni, shu jumladan mol-mulk va pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 239-moddasi talablariga asosan mansabdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belilab qo‘yilgan.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

katta maslahatchisi

Oqilbek Rahimov