Янгиликлар
Umumiy oʼrta taʼlim toʼgʼrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi
Umumiy oʼrta taʼlim toʼgʼrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (44–son, 31.01.2023 y.) bilan Umumiy oʼrta taʼlim toʼgʼrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʼra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:
tayanch oʼrta taʼlim toʼgʼrisida shahodatnoma (9-sinf);
tayanch oʼrta taʼlim toʼgʼrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma (9-sinf);
umumiy oʼrta taʼlim toʼgʼrisidagi shahodatnoma (11-sinf);
umumiy oʼrta taʼlim toʼgʼrisida (kumush medalь bilan) shahodatnoma (11-sinf);
umumiy oʼrta taʼlim toʼgʼrisidagi aʼlo darajali (oltin medalь bilan) shahodatnoma (11-sinf);
psixik rivojlanishida nuqsoni boʼlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʼgʼrisidagi sertifikat.
Shahodatnoma oʼzbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.
Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli maʼlumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.
Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi.
Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.
Qarorga koʼra, 2022/2023 oʼquv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar kiritib boriladi.
Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi Sh.Malikov