Янгиликлар
Kasanachilikni kengaytirish uchun hokim yordamchilari tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori oshiriladi
Kasanachilikni kengaytirish uchun hokim yordamchilari tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori oshiriladi
"Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi Prezident qarori (PQ–39-son, 31.01.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga koʼra, 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion soʼm yoʼnaltiriladi.
2023 yil 1 fevraldan:
kreditlar ustuvor ravishda dasturlar boʼyicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;
uzoq muddatga qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, dehqon xoʼjaliklari va kichik tadbirkorlik subʼektlariga 50 mln soʼmgacha garovsiz kredit beriladi;
tadbirkorlarning mahallalarda ishlab chiqarishni, xizmat koʼrsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yoʼnaltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million soʼmdan 300 million soʼmgacha oshiriladi.
Bunda, tashabbuskor loyihada kamida 30 foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim;
dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yoʼlga qoʼygan va kredit toʼlovlarini oʼz vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subʼektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;
hokim yordamchisining tavsiyasiga koʼra kredit summasining 10 million soʼmgacha boʼlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million soʼmgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) oʼtkazib beriladi.
2023 yil 1 iyundan aholi va tadbirkorlarga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi (biometrik pasportdagi) biometrik maʼlumotlar asosida identifikatsiya qilish yoʼlga qoʼyiladi.
Bekobod shahar adliya bo’limi boshlig’i X.Bibayev