Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Kam taʼminlangan oilalarning hamda boquvchisini yoʼqotgan ayollarning farzandlarini toʼlovlardan ozod qilish tartibi


Kam taʼminlangan oilalarning hamda boquvchisini yoʼqotgan ayollarning farzandlarini toʼlovlardan ozod qilish tartibi

 

Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi (maktab-internatlardagi) bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar farzandlari toʼlovdan ozod qilinadi. Bunda, birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi boʼlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga, shuningdek, oʼrtacha oylik jami daromadi eng past darajada boʼlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.

           Boquvchisini yoʼqotgan ayollarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʼrsatilgan kvotadan qatʼi nazar ota-onalar toʼlovidan ozod qilinadi.

toʼlovdan ozod qilinadigan bolalar roʼyxati quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida shakllantiriladi:

a) kam taʼminlangan oilalarning farzandlari uchun «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali berilgan oila kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma;

b) boquvchisini yoʼqotgan ayollarning farzandlari uchun (quyidagi tasdiqlovchi hujjatlardan biri taqdim etilishi mumkin):

boquvchisini yoʼqotgan ayol boquvchisining oʼlim haqidagi guvohnomasi;

boquvchisining bedarak yoʼqolgan deb topish toʼgʼrisidagi sudning hal qiluv qarori;

oʼlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʼyilgan maʼlumotnoma;

davlat xizmatlari markazi orqali berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida oʼlim qayd etilganligi haqida maʼlumotnoma.

Bunda, mazkur bandning «a» kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotnoma maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʼrab olinadi.

 

Bekobod shahar adliya boʼlimi yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti J.B.Norqoʼziev.