Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xabaringiz bor joriy yil 28 oktyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasining “Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 798-sonli Qonuni qabul qilindi va yangi tahrirdagi 581 ta moddadan iborat Mehnat Kodeksi ishlab chiqildi. Ushbu yang


Xabaringiz bor joriy yil 28 oktyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasining “Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 798-sonli Qonuni qabul qilindi va yangi tahrirdagi 581 ta moddadan iborat Mehnat Kodeksi ishlab chiqildi. Ushbu yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksida amaldagi kodeksga nisbatan ancha qoʼshimcha oʼzgartirishlar kiritilgan. Misol uchun xodimlarga beriladigan yillik mehnat taʼtillarini oladigan boʼlsak amaldagi Mehnat Kodeksining 134-moddasida xodimlarga oʼn besh ish kunidan kam boʼlmagan muddat bilan yillik asosiy taʼtil berilishi nazarda tutilgan boʼlsa yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining 217-moddasida har yilgi asosiy yillik mehnat taʼtilining eng kam miqdori 21 kalendar kunidan iborat deb belgilangan. Аlbatta bu ikkala holatdan tashqari yani asosiy yillik mehnat taʼtiladan tashqari qonunchilikda qoʼshimcha mehnat taʼtillari ham beriladi.

Shuningdek Ishdan boʼshatish nafaqasi masalasida ham yangilik kiritilgan

Аmaldagi MKning 109-moddasida “ishdan boʼshatish nafaqasining miqdori oʼrtacha oylik ish haqidan kam boʼlishi mumkin emas” deb belgilangan.

Yangi tahrirdagi kodeksida esa bu borada muhim yangilik. Endilikda ishdan boʼshatish nafaqasi toʼlash tartibi 173-moddaga koʼra xodimning stajiga qarab toʼlanishi belgilandi.

Yaʼni, ishdan boʼshatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bogʼliq boʼladi va u:

➖3 yilgacha ish stajiga ega boʼlgan xodimlar uchun – oʼrtacha oylik ish haqining 50 foizidan;

➖3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega boʼlgan xodimlar uchun – oʼrtacha oylik ish haqining 75 foizidan;

➖5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega boʼlgan xodimlar uchun – oʼrtacha oylik ish haqining 100 foizidan;

➖10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega boʼlgan xodimlar uchun – oʼrtacha oylik ish haqining 150 foizidan;

➖15 yildan ortiq ish stajiga ega boʼlgan xodimlar uchun – oʼrtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam boʼlishi mumkin emas.

Аlbatta bu holatda chalgʼimaslik kerak, bunda xodim ish beruvchidagi ish staji nazarda tutilmoqda, yaʼni ishdan boʼshatilayotgan korxonada ishlagan davri hisoblanadi va umumiy ish stajiga adashtirib yubormaslik kerak.

Eslatib oʼtamiz yangi tahrirdagi mehnat kodeksi 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradi.

 

Bekobod shahar adliya boʼlimi yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti J.B.Norqoʼziev.