Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Qisqarishga tushgan xodimning huquqlari


Qisqarishga tushgan xodimning huquqlari

Agar qisqarishga tushgan xodimning ta’tillar jadvaliga ko’ra ta’til muddati kelayotgan bo’lsa, u holda ish beruvchi MK 144-moddasiga ko’ra ta’til berish vaqti haqida xodimni ta’til boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor qilib ta’tilga chiqarishi kerak. Yoki MK 151-moddasi 2-qismiga ko’ra, xodimning xohishiga ko’ra 15 ish kuni ta’til berib qolganiga pulli kompensatsiya to‘lanishi mumkin.

Ta’til berib keyin shartnomani bekor qilish (отпуск с последующим увольнением) ta’tildan foydalanishning ta'tillar jadvalida belgilangan vaqti kelmagan holatlarga nisbatan tatbiq qilinadi. MK 144-moddasi 5-qismiga ko’ra, ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan o‘zgartirilishi mumkin.

MK 152-moddasiga ko’ra, jamoa shartnomasida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko‘ra, yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Lekin ayrimlar mana shu normani noto’g’ri talqin qilishmoqda. Ya’ni qachonki mehnat shartnoma 97.1 bilan taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinsagina ta'til olinishi mumkin deb xato fikr bildirishyapti.

To’g’ri yuqoridagi jumla sal tushunarsizroqdek yozilgan bo’lishi mumkin lekin jumladan ma’no aslida quyidagicha: jamoa shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Ya’ni bu yerda mehnat shartnomasini 97.1 bilan bekor qilish haqida emas, balki ta’tillarni taraflarning kelishuviga ko‘ra berish haqida gap ketmoqda. Gapimizning yana bir isboti sifatida, 152-modda 4-qismini keltiramiz. Ya’ni mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari tufayli bekor qilinganda yillik asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilidan asli holida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ko’rdingizmi mehnat shartnomasi 100-modda 2-qismining 3 va 4-bandlari bekor qilinganda ta’tilni asl holicha foydalish mumkin emas. Boshqa asoslar 87, 89, 97, 100 (2-qism 1,2,5,6,7-bandlari), 105, 106-moddalar bilan bekor qilinganda cheklov yo’q.

Demak, qisqarishga tushgan xodimga xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko’ra yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkin ekan.

 

Yangi Mehnat kodeksining 235-moddasida bu holat yanada aniqroq bayon qilingan. Jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida (bundan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun bekor qilingan hollar mustasno) foydalanilmagan har yilgi mehnat ta’tillarini keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni tugatgan holda xodimning yozma arizasi asosida berish nazarda tutilishi mumkin.

Diqqat! Ushbu talab ham esdan chiqmasin! MK 100-moddasi 3-qismiga ko’ra, xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.

Diqqat! Bundan tashqari MK 143-moddasi 3-qismida belgilangan xodimlarga ta’til ularning xohishi bo‘yicha olti oy o‘tmasdan oldin beriladi. Misol, qisqarishga tushgan ishga kirganiga 6 oy to’lmagan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga agar u ta’tilga ariza yozsa, ish beruvchi unga ta’til berishga majbur.

 

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov