Янгиликлар
Shifokorlarga yangi ustamalar joriy etildi.
Shifokorlarga yangi ustamalar joriy etildi.
Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʼbatlantirish va rivojlantirish jamgʼarmasi toʼgʼrisidagi nizom Аdliya vazirligida davlat roʼyxatidan oʼtkazildi (roʼyxat raqami 3416, 16.01.2023 y.)
Nizomga koʼra, Jamgʼarma mablagʼlari quyidagi 2 yoʼnalish boʼyicha sarflanadi:
75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarini moddiy ragʼbatlantirishga;
25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda taʼmirlashga.
Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy ragʼbatlantirishning quyidagi turlari qoʼllaniladi:
- tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar;
- yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 mln soʼmgacha maxsus oylik ustamalar;
- oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qoʼshimcha ustamalar;
- tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullari.
Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov