Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hokim yordamchilari tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori oshiriladi


Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hokim yordamchilari tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ–39-son qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-fevraldan:

- kreditlar ustuvor ravishda dasturlar boʻyicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;

- uzoq muddatga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 mln soʻmgacha garovsiz kredit beriladi;

- tadbirkorlarning mahallalarda ishlab chiqarishni, xizmat koʻrsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million soʻmdan 300 million soʻmgacha oshiriladi.

Bunda, tashabbuskor loyihada kamida 30 foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim.

- dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan va kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;

- hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 million soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million soʻmgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) oʻtkazib beriladi.

2023-yil 1-iyundan aholi va tadbirkorlarga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi (biometrik pasportdagi) biometrik maʼlumotlar asosida identifikatsiya qilish yoʻlga qoʻyiladi.

Tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda dastkrlar ijrosini, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida har chorak yakuni boʻyicha xal deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida xisobot berib borish amaliyot joriy etiladi.

 

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Salayev Bahovaddin Safarboyevich